🎵 Qoʻshiq matnlari

Iroda Dilroz - Ota uyi

2.5K marta oʻqildi
Iroda Dilroz - Ota uyi
Qiz bolaning qismati shu –
Ko`nib ketar qizgina.
Oy yuzini ro`molida
Yopib sekin, jimgina.

Sog`indingmu ketmay turib
Hali ota uyingni?
To`yib-to`yib hidlab olgin
Hovlingdagi gulingni.

Hay-hay o`lan, jon o`lan-ey,
Dilga yetar shu bugun.
Ko`zlar yosh – ota uyidan
Kelin ketar shu bugun.

Har bir qizga ota uyi,
Ona uyi – poshsho uy.
Qutlug` bo`lsin kelinchakka
Ostonasi tillo uy.

Ota uyning gul-rayhonlari
Nega dilga buncha yoqimli?
Hatto senga ayvonda qo`ngan
Qaldirg`ochi mehrli, mehrli.

Hay-hay o`lan, jon o`lan-ey,
Dilga yetar shu bugun.
Ko`zlar yosh – ota uyidan
Kelin ketar shu bugun.
Har bir qizga ota uyi,
Ona uyi – poshsho uy.
Qutlug` bo`lsin kelinchakka
Ostonasi tillo uy. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!