🌙 Tush tabiri

Tushda namoz oʻqisa nima boʻladi

2 daqiqa 18.7K marta oʻqildi
Tushda namoz oʻqisa nima boʻladi
Tushda namoz- bunday tush, yaʼni oʻqilgan namoz islom va imon deb taʼbir qilinadi. Agar siz jamoa bilan namoz oʻqiganingizni koʻrsangiz siz, koʻpchilik tomonidan qoʻllab quvvatlanasiz, soʻzingiz oʻtadigan boʻladi. Siz tushingizda yolgʻiz namoz oʻqiyotganingizni koʻrsangiz sizning hayotingiz osoyishta boʻladi, pinhon ilmlarni oʻrganasiz. Sharq va gʻarb tomonlarga qarab namoz oʻqiganini koʻrgan kishi diniy vazifalarga eʼtiborsiz boʻladi, nosharʼiy yoʻllar bilan boyiydi.

Tushda namoz qiblaga karab oʻqisa
Tushda qiblaga orqa oʻgirib namoz oʻqiganini koʻrgan kishi dindan yuz oʻgiradi. Jamoat bilan shunday holatda namoz oʻqiganini koʻrgan kishi diniy guruhlarga qoʻshiladi. Tushda namoz oʻqish yaxshilikka deyiladi. Tushga olovga, oynaga qarab namoz oʻqiganini koʻrgan kishi fitnaga moyil boʻladi. Biror sahro yoki tekislikda namoz oʻqiganini koʻrgan kishi azoblardan qutuladi.

Masjidda namoz oʻqib, mehrobga suyanganini koʻrgan kishi falokatdan qutuladi, baxtga erishadi. Tushida oʻtirib namoz oʻqiganini koʻrgan kishida qoʻrqoqlik va qanoatli boʻladi. Tushda qabrga qarab namoz oʻqish joiz boʻlmagan biror narsani hadya qilishga ishoradir.

Tushida namozni tugatib salom berganini koʻrgan kishi gʻam- qaygʻudan qutuladi, mehr-muhabbaga oʻradi. Namozda chapga oʻngga qaraganini koʻrgan kishi dunyoning boyliklariga mehr qoʻyib, oxirat neʼmatlaridan yuz oʻgiradi. Bu tush kishining nafsining qutqulariga uchishiga ishoradir.

Tushga namoz kirsa nimani anglatadi
Qabrda namoz oʻqish- siz gunox qilayapsiz, siz tavba qilishingiz kerak. Umumiy maʼnoda namoz, yaxshi belgidir. Agar kim namoz oʻqiyotganda atrofga qarasa- u qoʻrqmasdan yomon maqsadlari yoʻlida xech nimadan qoʻqmayapti. Oʻtirib namoz oʻqisa, yo qoʻrqoq, yo boriga shukur qilishi kerak.

Agar tushga namoz kirsa
Musulmonlar tush taʼbiriga koʻra, qabr ustida namoz oʻqiganni gunoxlari juda katta ekan, istixfor aytsin koʻproq. Agar amal qilmasa yaqinda jazosini oladi. Biroq unda imkoniyat bor, vaqtida tavba qilsin. Ayol kishi bayram namozini oʻqisa, xayoti yaxshilik tamonga oʻzgaradi.

Tushda namoz koʻrsa
Agar tushingida namoz oʻqisangiz oʻtirib, boriga shukur qilsin. Xayot kattasini bermaydi, u shukurli boʻlsin. Xomilador ayol tushida namoz oʻqisa, sogʻlom bola koʻradi va u juda aqlli boʻladi, ayol u bola uchun koʻp koʻz yosh tekadi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!