🌙 Tush tabiri

Tushda qabr (qabriston) koʻrish - yurish, goʻr qazish, uning ochiqligi taʼbiri

2 daqiqa 173.8K marta oʻqildi
Tushda qabr koʻrish, uni qazish – oʻz aybiga koʻr biron narsadan mahrum boʻlish. Qabr ochiq boʻlsa – noxush habar. Agar kishi tushda qabr ichida boʻlsa, boylikka (ustida tuproq qanchalik koʻp boʻlsa, shunchalik koʻproq boylikka ega boʻladi). Oʻzi uchun goʻr qazish – uy yoki boshqa qimmat narsa sotib olishga.

TUSHDA QABR KOʻRISH TAʼBIRI: MILLER BOʻYICHA
Agar qabr yangi boʻlsa, adolatsiz harakat sizga dahshatli uqubat keltiradi, sizga tahdid soladi. Tushda qabristonda sayr qilish, aylanib yurish – baxtsiz nikohga. Boʻm-boʻsh qabrga nazar solish – yaqin qarindoshlardan ayrilib qolishga. Biron kishi qabrda yarmigacha koʻmilgan boʻlsa – u xavf ostida ekanligidan.

Tushda oʻzini qabrda koʻrish – sizga qarshi tashkillashtirilayotgan fitnadan ogohlantiruv.
Qabr qazish – bu raqiblaringiz sizni sindirish uchun tayyor ekanligini anglatadi, lekin agar oʻngda ishlaringizni tugatishga vaqt topsangiz, ular ustidan gʻalaba qozonasiz.
Qabrga qoʻyishga moʻljallangan murda yoʻqolib qolsa, bu noxush belgi. Barcha narsadan ogoh boʻlib yurish kerak.
Agar kechasi qabristonda yolgʻiz boʻlsangiz va tunni shu yerda oʻtkazish kerak boʻlsa- doʻstlaringizni yoʻqotishingiz mumkinligiga.
Baʼzida tushda qabr koʻrish ishda qiyinchiliklar kelib chiqishidan darak boʻladi.
Eski, vayron boʻlgan qabr – yaqinlarning xavfli kasallanishi yoki oʻlimini anglatadi.
Agar tushda qabrdagi yozuvlarni oʻqisangiz, bu sizda yoqimsiz muammolarga duch kelishingizni bildiradi.
TUSHGA QABR KIRSA NIMA BOʻLADI: SVETKOV KELTIRGAN TAʼBIRLAR
Parvarishlangan boʻlsa – foyda; ustida tuman, bulut boʻlsa – najot; yorugʻlik, daraxtlar, gullar oʻssa – baxt va yaxshilikka; yodgorlik oʻrnatish – qimmatli buyum sotib olishga.

VANGA TUSH KITOBI: QABR
Tushda oʻz qabrini koʻrsa – taqdiringizni oʻzgartirishga qodir boʻlgan ajoyib yaxshi hodisa sodir boʻlishidan. Qabrlar bir nechta boʻlsa, oldinda omadsizliklar ketma-ketligi kuzatilmoqda, ularning har birida kishi oʻziga boʻlgan ishonchni yoʻqotadi. Faqat duo qilish ishonchni qaytarishi mumkin. Tashlandiq, eʼtiborsiz qoldirilgan qabr – ichki boʻshliq, umidsizlik, hayot mazmuning yoʻqolishi belgisidir.

TUSHDA QABR KOʻRSA: NOSTRADAMUS TALQINI
Atrofda qish boʻlsa va qabristonni koʻrsa – yetishmovchilikka qarshi uzoq va umidsiz kurash olib borish kerakligidan; ehtimol, bir muddat doʻstlaringizdan va uyingizdan uzoqda yashaysiz.
Ammo atrofda bahorning alomatlari sezilsa, yoqimli atmosfera topasiz va doʻstlaringiz bilan doʻstlashasiz.
Sevishganlar oʻzlarini qabristonda koʻrsa – ular hech qachon turmush qurmasliklaridan.
Oʻzini chiroyli va namunali qabrda koʻrish – umidlari uzilgan kishining sogʻayib ketishidan.
Eski, qadimgi qabrlar – uzoq umr koʻrishga.
Yosh qizlar toʻy marosimlari qabristonda boʻlayotganini koʻrsa – baxtsiz hodisa tufayli turmush oʻrtogʻidan ajralib qolih ehtimoli mavjudligiga.
Ona qabrga gul qoʻysa – oila aʼzolari sogʻlom boʻladi va uzoq umr koʻradi.
QABR BILAN BOGʻLIQ BOSHQA TUSHLAR TAʼBIRI
Tushda tiriklayin koʻmilgan boʻlish – yaqin orada xatolikka yoʻl qoʻyasiz va dushmanlaringiz uni sizga qarshi ishlatishga tayyordirlar.
Agar undan chiqa bilsangiz – toʻgʻri yoʻldan adashmaysiz.
Qabr suvga toʻlgan boʻlsa – qancha harakat qilmang, atrofdagi voqealar rivojini oʻzingizga boʻysundira olmasligingizdan.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.