🌙 Tush tabiri

Tushda oyoq kiyim koʻrish - taʼbiri, maʼnosi, poyabzal koʻrsa nimadan darak beradi?

2 daqiqa 210.4K marta oʻqildi
Tushda oyoq kiyim koʻrish - taʼbiri, maʼnosi, poyabzal koʻrsa nimadan darak beradi?
Tushda oyoq kiyim koʻrish – yangi joy yoki yangi munosabatlardan gapiradi. Noodatiy poyabzal – noodatiy narsalar yoki munosabatlar; tushda oyoq kiyim sotib olish – yangi ishqiy munosabatlar; poyabzal yoʻqotish – sizni hafsalangizni pir qilishadi; oyoq kiyimni yechish – omadsizlik, munosabatlar uzilishi. Tush taʼbri kitobida umuman poyabzal – kimningdir yordami, xizmatini anglatadi.

Psixoemtsional nuqtai nazardan, har qanday shakldagi oyoq kiyimi odam oʻz hayot yoʻliga chetdan nazar solishini va qay yoʻldan ketishni tanlashini anglatadi. Oyoq kiyimi tushda qanday boʻlishi tanlangan yoʻl qanday boʻlishidan darak beradi.

TUSHDA OYOQ KIYIM KOʻRISH
Agar tushingizda oyoq kiyim yirtilsa va iflos boʻlsa, unda siz barchaga taalluqli boʻlgan tanqid aytib, oʻzingizga dushman orttirishingiz mumkin.
Tushda qora oyoq kiyim koʻrish – ishlaringiz yaxshi boʻlib ketadi, baʼzi bir muhim tadbir esa sizga qoniqish baxsh etadi.
Yangi poyafzal sizga foyda keltiradigan oʻzgarishlarni vaʼda qiladi.
Agar tushda oyoq kiyim qisayotgan boʻlsa, siz yashirin sevgilingiz ustidan kulishni xohlovchilar oldida kuchsiz boʻlasiz.
Agar oyoq kiyimning bogʻichi yechilgan boʻlsa, sizni yoʻqotishlar, kelishmovchiliklar, kasalliklar kutmoqda.
Oyoq kiyimni tushda yoʻqotish siz bilan munosabatlar uzilishi va sizdan voz kechishi bilan tahdid soladi.
Tushda oyoq kiyimni oʻgʻirlab ketishsa-yu, sizda paypoq yoki chulki qolsa, demak siz bir narsani yoʻqotib, boshqa bir narsaga erishishingizni anglatadi.
Tushda oyoq kiyim sotib olsa – briovning kuzatuvi ostida boʻlishni bildiradi.
Agar tushingizda biron kim sizning poyabzalingizni kiyadigan boʻlsa, kitoblarda bu xotinning xiyonatidan darak deyiladi.
TUSHDA TUFLI KOʻRISH
Ayollar oyoq kiyimi – ishqiy munosabatlar.
Oyoq kiyimini yoʻqotish – ajralishga.
Qizil rangli oyoq kiyim – ehtiros.
Poyabzalni tashlab yuborish – munosabatlarning tugashi, qoʻrquvdan qutilish.
Tushda etik koʻrish – ishlar yurishib ketishiga.
Tushda etik kiyish – yaqinlaringiz bilan sayohat, safarga chiqish.
Rezina etiklar koʻrsa – yangi tanishuvlardan ehtiyotkor boʻlish kerakligidan.
TUSHDA OYOQ KIYIM KIYISH KOʻRSA
Birovga poyabzal kiydirish – birovni aldash yoki undan oʻch olish.
Oʻziga oyoq kiyim kiyish – kutilgan natijaga erishmaslik, ishlarda yoki shaxsiy hayotda adashishlar.
TUSHDA POSHNA KOʻRISH
Umuman tushda poshna koʻrsa – haqoratlanish mumkinligidan.
Poshnaning teshilishi – munosabatlarning buzilishi.
Tushda oyoq kiyimdan poshna uchib ketsa – omad kulib boqishidan darak.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.