Jamshidbek Turdaliyev - Surxon qizi
Borgan edim Surxonga
Nogoh koʻzim tushdiye
Tulpor mingan janonga (2x)
Oq samanni yoʻrgʻalab
Kokillari toʻlgʻonar
Man oshiqning qalbida
Sevgi oʻti chogʻlanar
Surxon qizi sanammi
Qora qoshi qalammi
Sevishimni dildorga
Aytsammi aytmasammi
Surxon qizi sanammi
Qora qoshi qalammi
Sevishimni dildorga
Aytsammi aytmasammi
Man mastona boʻlibman
Chavandoz qiz koʻyida
Hofiz boʻlib kuyladim
Togʻasining toʻyida
Ul hilol kelarmikan
Yangasi bilarmikan
Sovchi qoʻysam onamni
Otasi koʻrarmikan (2x)
Surxon qizi sanammi
Qora qoshi qalammi
Sevishimni dildorga
Aytsammi aytmasammi (2x)
Qiz rozini olgach soʻng
Davom oshib aytarman
Mehribonimga borib
Qiz tarixin aytarman
Holasi mani koʻrsin
Onasi rozi boʻlsin
Vodiylik mart yigitman
Akasi shartin qoʻysin
Holasi mani koʻrsin
Onasi kʼngli toʻlsin
Vodiylik mart yigitman
Akasi shartin qoʻysin
Surxon qizi sanammi
Qora qoshi qalammi
Sevishimni dildorga
Aytsammi aytmasammi (4x)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!