Deyman Tugʻilgan kuningiz bilan
Eng soʻnggilar safida boʻlib.
Soʻzlarimni guldasta bilib,
Deyman Tugʻilgan kuningiz bilan!
Quvonaman juda judayam,
Quvonchizdan quvonar olam.
Garchi gullar tutolmasam ham,
Deyman Tugʻilgan kuningiz bilan!
Bu sherni mehrimni parchash dedim,
Har bir misrasini sizga atadim.
Tabriklayman sizni azizim singlim,
Deyman Tugʻilgan kuningiz bilan!
Sizga tilaklari hali koʻp bisyor,
Baxtingiz gullasin goʻyoki bahor.
Koʻnglizda qolmasin zarracha gʻubor,
Deyman Tugʻilgan kuningiz bilan!
Bu balki siz uchun katta sovgʻamas,
Balki bu umuman sovgʻa ham emas.
Bilaman baribir bundan quvonas,
Deyman Tugʻilgan kuningiz bilan!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!