💬 Aforizmlar

Sizga qaysidir ishi yoqmay

1 daqiqa 2.4K marta oʻqildi
Sizga qaysidir ishi yoqmay
Sizga qaysidir ishi yoqmay, koʻngligiz ranjiyotgan ayol, sizning bir qancha “ajoyib fazilatlaringiz”ga SABR* qilib kelayotgandir...!

Siz uni arzimagan hatosi sabab, asta~sekin YoMON koʻra boshlagan ayol, joningizdanda ortiq yahshi koʻradigan oʻgʻil~qizlaringizning ONASI...!

Sizga yomonligi boʻlmagan, siz yomon koʻradigan ota~onaning jigarbandi sizning ota~onangiz atrofida GIR AYLANIB , parvona boʻlgan ham oʻsha AYoL...!

Siz koʻchada hayoni oyoq ostiga tashlab, milliyligimizni unutib evropaga taqlid qilib, kiyingan ayollardan koʻz UZOLMAY qolganingizda, IFFAT* va IYMONINI* saqlab, zaruratsiz ostona hatlab koʻchaga chiqmaydigan ham oʻsha sizning AYoLingiz...!

Siz koʻchada baʼzi bolalarning bilib yoki bilmay qilgan odobsizligidan ranjib, oʻzingizga~oʻzingiz gʻuldirab gapirganinggizda, uyda shirindan~shakar farzanlaringizni oʻzligimizning asl milliy odob-ahloq bulogʻidan sugʻorgan ham oʻsha MUNIS AYoL...!

Siz uning nimani yahshi koʻrishini oʻylab ham koʻrmaganingizda, sizning yahshi koʻradigan narsalaringizning roʻyhatini "YoDDAN" sanab beradigan ham oʻsha...!

Siz koʻchada oʻzingizni oʻylab oshna~ogʻaynilar bilan choyhonada palovhoʻrlik qilib oʻtirganingizda, sizni uyda KUTIB, nimalarni yahshi koʻrishingizga qarab TAOM* tayyorlagan ham oʻsha...!

Siz roʻzgʻorning kami haqida oʻylashga vaqt topa olmaganingizda, maoshingizni bir oydan ikkinchisiga TEJAB* etkazadigan ham oʻsha ayol...!

Siz koʻcha va ishhonaning tashvishidan charchab, uyga kelganingizda uni sizga rohat maskaniga aylantirgan ham oʻsha ayol...!

Siz tirikchilik ilinjida uyingizni tark etkaningizda, uyingiz va hurmat~eʼtiboringizni, molu~davlatingizni SAQLAGAN* ham oʻsha ayol...!

Sizning koʻchada er boʻlib, koʻkrak kerib yurishingiz sababi ham oʻsha ayol...

Sizga Allohning rahmati va marhamati yogilsin ey MUSLIMA AYoLlar...!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!