🎵 Qoʻshiq matnlari

Lola - Childirmaga oʻyna

1.4K marta oʻqildi
Lola - Childirmaga oʻyna
Erta saharlab belni mahkamlab,
Duoga ochib qoʻlni, mehnatga chirmab,
Fayzli oʻtkazib kunni, yana toʻldirib dilni,
Childirmaga bir oʻynab yozaylik koʻngilni.

Hayotning har bir kuni, gʻanimat har oni,
Doimo esla buni, qadriga yet uni.
Qani chal dum bak-bak, nogʻoralar tak-tak,
Hayotning har bir kuni, gʻanimat har oni.
Orzu havasga toʻlib, murod maqsadga yetib,
Qani chal nogʻorani dum tak.

Imkon omadni boy berma ishlab,
Topganingizga koʻnib, baraka tilab,
Fayzli oʻtkazib kunni, yana toʻldirib dilni,
Childirmaga bir oʻynab yozaylik koʻngilni.
Fayzli oʻtkazib kunni, yana toʻldirib dilni,
Childirmaga bir oʻynab yozaylik koʻngilni.

Hayotning har bir kuni, gʻanimat har oni,
Doimo esla buni, qadriga yet uni.
Qani chal dum bak-bak, nogʻoralar tak-tak,
Hayotning har bir kuni, gʻanimat har oni.
Orzu havasga toʻlib, murod maqsadga yetib,
Qani chal nogʻorani dum tak. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!