🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Gul

1.7K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Gul
Gul uzilsa goʻzalmas, shoxida tursa goʻzal,
Yor oʻzimas, yorining yonida yursa goʻzal. (x2)
Sulton boʻlib taxtiga, ahd qoʻshilib ahdiga,
Malikasin baxtiga binolar qursa goʻzal. (x2)
Gul uzilsa goʻzalmas, shoxida tursa goʻzal,
Yor oʻzimas, yorining yonida yursa goʻzal.
Yonida yursa goʻzal.
O, essa ajib, shoʻx sabo, chalsa ishqiy bir navo,
Orzuingdagi zebo yurakdan ursa goʻzal. (x2)
Gul uzilsa goʻzalmas, shoxida tursa goʻzal,
Yor oʻzimas, yorining yonida yursa goʻzal.
Yonida yursa goʻzal.
Avaylashib bir-birin, oshkor etib bor sirin,
Soʻz qolmay shirin-shirin xayollar sursa goʻzal. (x2)
Gul uzilsa goʻzalmas, shoxida tursa goʻzal,
Yor oʻzimas, yorining yonida yursa goʻzal. (x2)
Yonida yursa goʻzal.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!