🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Ey dilbarki

1.8K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Ey dilbarki
Kel, ey dilbarki, bo`ston vaqti bo`ldi,
Gul ochildi, guliston vaqti bo`ldi. (x2)
Qilay nola, boqib guldek yuzungga,
Chu bulbullarg`a afg`on vaqti bo`ldi. (x2)
Kel, ey dilbarki, bo`ston vaqti bo`ldi,
Gul ochildi, guliston vaqti bo`ldi.
Gulu bulbul bikin gulbunlar ichra,
Nishotu ayshi pinhon vaqti bo`ldi. (x2)
O`qub gul baxtini majlisda har dam,
Bo`lub sarxush, gulafshon, vaqti bo`ldi. (x2)
Kel, ey dilbarki, bo`ston vaqti bo`ldi,
Gul ochildi, guliston vaqti bo`ldi. (x2)
Mug`anniylarg`a bulbullar bikin zor,
Hazoron navʼi alhon vaqti bo`ldi. (x2)
Bu damkim, gul qilur bulbulg`a altof,
Atoiyg`a ham ehson vaqti bo`ldi. (x2)
Kel, ey dilbarki, bo`ston vaqti bo`ldi,
Gul ochildi, guliston vaqti bo`ldi.
Kel, ey dilbarki, bo`ston vaqti bo`ldi,
Gul ochildi, guliston vaqti bo`ldi.
Guliston vaqti bo`ldi…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!