🎵 Qoʻshiq matnlari

Abdurashid Yoʻldoshev - Qizil gul

1.7K marta oʻqildi
Abdurashid Yoʻldoshev - Qizil gul
Sen kim uchun ochilding, ey qizil gul,
Atring buncha sochildi, ey qizil gul? (x2)
Seni ko`rib, armondagi sevgimning
Zarjirlari yechildi, ey qizil gul. (x2)
Sen kim uchun ochilding, ey qizil gul,
Atring buncha sochildi, ey qizil gul?
Nafasingning sehridan sel bo`lganim,
Baxtimmidi, dardmi seni ko`rganim?
Sahroni ham yondiradi kuyganim,
Jonimdan jon uzildi, ey qizil gul.
Sahroni ham yondiradi kuyganim,
Jonimdan jon uzildi, ey qizil gul.
Sen kim uchun ochilding, ey qizil gul,
Atring buncha sochildi, ey qizil gul?
Men sevgidan kechdim degan dil edi,
Manzilimga yetdim degan til edi. (x2)
Yana sevay dedi, yana shu dedi, {x2}
Takror qasam ichildi, ey qizil gul. {x2}
Kel, mehringning dargohidan soya ber,
Yuragimga zavq bergin-ey, nola ber.
Men g`aribga yana bitta chora ber,
Qancha gunoh kechildi, ey qizil gul.
Sen kim uchun ochilding, ey qizil gul,
Atring buncha sochildi, ey qizil gul?
Sen kim uchun ochilding, ey qizil gul…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!