🎵 Qoʻshiq matnlari

Ummon - Qiynama yuragimni

1.6K marta oʻqildi
Ummon - Qiynama yuragimni
Ko`zlaring qarosi qiladi mani mast,
San mani jonim, jonim, janonam.
Bunchalar shirin qilasan san araz,
San mani yorim, yorim, yagonam.
Asta-asta jonimni olmagin,
Yuragimni ezmagin shubhalar ila.
Xasta-xasta qilmagin ko`nglimni,
Hayotim san o`zimni, bo`laylik payvasta.
Qiynama-qiynama yuragimni,
Bila turib menga keragingni.
Rashq qila, rashq qila ezaverma,
Bilasan faqat sani sevishimni. (x2)
Sochlari sumbul, yakka yagonam,
San mani novvotdan ham shirin yorim.
Sen bilan naqadar bilsang baxtliman,
Barcha gullardan nafis iforim.
U deya, bu deya asabimga tegmagin,
Rashq qilavermagin shubhalar ila.
San mani, man sani sevamizku rostdan,
Har tomonlama mossan, bo`laylik payvasta.
Qiynama-qiynama yuragimni,
Bila turib menga keragingni.
Rashq qila, rashq qila ezaverma,
Bilasan faqat sani sevishimni. (x2+x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!