🎵 Qoʻshiq matnlari

Ahmadjon Dadayev - Umidim qoldi

4.2K marta oʻqildi
Ahmadjon Dadayev - Umidim qoldi
Tongda esgan sabolarda umidim qoldi,
Kuylanmagan navolarda umidim qoldi.
Hech xayoldan ketmas sening o`tli nigohing,
Ko`zingdagi maʼnolarda umidim qoldi. {x2}
Dilga tushgan o`t-gulxanni o`chirolmasman,
Yo qalbingda ishq g`unchasin ochirolmasman.
Pinhon yonib, yo o`zimni kechirolmasman,
Yurak chertgan sadolarda umidim qoldi. {x2}
Sokin xayol iqbolimdir, pokiza hislar,
Saqlab mehr, saqlab vafo, qalb seni izlar.
Muhabbatim izhor etar besabr ko`zlar,
Yuzingdagi jilolarda umidim qoldi.
Ko`zingdagi maʼnolarda umidim qoldi,
Umidim qoldi, umidim qoldi…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!