🎵 Qoʻshiq matnlari

Ulugʻbek Rahmatullaev - Oʻgʻlim

1.6K marta oʻqildi
Ulugʻbek Rahmatullaev - Oʻgʻlim
Erkatoyim, jon o`g`lim,
Ko`zlaringni yum, o`g`lim,
Senga tilayman yana
Bir hayrli tun, o`g`lim. (x2)
Orzulari osmon bo`l,
Sen Rustamu doston bo`l,
Kim bo`lsang ham, unutma:
Eng avvalo inson bo`l!
Bo`ldi endi jim, o`g`lim,
Ko`zlaringni yum, o`g`lim,
Senga tilayman yana
Bir hayrli tun, o`g`lim.
Sen sevib tinglaydigan
Ertaklarni aytaman,
Ko`zlaringga termulib,
Yoshligimga qaytaman. (x2)
Erkatoyim, jon o`g`lim,
Ko`zlaringni yum, o`g`lim,
Senga tilayman yana
Bir hayrli tun, o`g`lim. (x2)
Boshing silab, bir zumda
Tarqab ketar charchog`im.
O`zimning erkatoyim,
O`zimning ovunchog`im.
Ko`zingni och, tur o`g`lim,
Yurt kezamiz yur, o`g`lim.
Senga tilayman yana
Bir hayrli kun, o`g`lim. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!