🎵 Qoʻshiq matnlari

Alisher Fayz - Xushdurur

1.5K marta oʻqildi
Alisher Fayz - Xushdurur
Ne xushdurur? Yor xushdurur,
Yor ila yor-yor xushdurur.
So`z yetmasa, ko`zlar bilan
Aytilgan izhor xushdurur.
So`z yetmasa, ko`zlar bilan
Aytilgan izhor xushdurur.
Hijron ila sog`inch ketib,
Yetishgan diydor xushdurur.
Yor yonida neki yo`qdir,
Har nimaki bor xushdurur.
Yor yonida neki yo`qdir,
Har nimaki bor xushdurur.
Soch xushdurur, zulf xushdurur,
Ham bo`yu, dastor xushdurur.
May bilanmas, atri bilan
Mast qilgan ifor xushdurur.
May bilanmas, atri bilan
Mast qilgan ifor xushdurur.
Ne xushdurur? Yor xushdurur,
Yor ila yor-yor xushdurur.
So`z yetmasa, ko`zlar bilan
Aytilgan izhor xushdurur.
So`z yetmasa, ko`zlar bilan
Aytilgan izhor xushdurur.
Rangi ketmas muhabbatning,
Oq, sariq, zangor xushdurur.
Aytilsa ham qayta-qayta,
Izhorlar takror xushdurur.
Ey, aytilsa ham qayta-qayta,
Izhorlar takror xushdurur.
Ne xushdurur? Yor xushdurur,
Yor ila yor-yor xushdurur.
So`z yetmasa, ko`zlar bilan
Aytilgan izhor xushdurur. (x2)
Yor ila yor-yor xushdurur… {x2}
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!