🎵 Qoʻshiq matnlari

Bahrom Nazarov - Fargʻonada bittagina

2.7K marta oʻqildi
Bahrom Nazarov - Fargʻonada bittagina
Sen kabi qomati raso Farg`onada bittagina, {x2}
Men kabi qaddingga ado Farg`onada bittagina. {x2}
Sen kabi diydori tabib, nozi shifo qayda yana? {x2}
Men kabi dardi bedavo Farg`onada bittagina. {x2}
Sen kabi sultoni husn Turon aro bir donadir, {x2}
Men kabi husningga gado Farg`onada bittagina.
Sen kabi jon ofatini yuz yil bino etsa Egam, {x2}
Men kabi yuz joni fido Farg`onada bittagina. {x2}
Sen kabi qomati raso Farg`onada bittagina,
Men kabi qaddingga ado Farg`onada bittagina.
Farg`onada bittagina… {x2}
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!