🎵 Qoʻshiq matnlari

Shoxrux feat. Afruz guruhi - Kerak emas

1.7K marta oʻqildi
Shoxrux feat. Afruz guruhi - Kerak emas
U oboradi har manzil, eziladi dil,
Yurakda ishq paydo boʻlsa, diqqat qil.
U ozdiradi aqldan, voz kechdiradi har nedan,
Rejalaring boʻlsa, unut,
Kechalari uyquni unut,
Bundan buyon u boshqaradi etib nobud.
Yuragimni qozonib, tinchimni oʻgʻirlasa,
Netarimni bilmayman, yoʻllarimda roʻpara boʻlsa,
Koʻzlarimni uza olmayman.
Kerak emas oltindan togʻlar,
Talabim nozik nafas, samimiy koʻzlar.
Kerak emas olamdan ora,
Hech narsa afzal emas, oʻzingdan oʻzga.
Yoʻl bosilib oʻtar, oʻtar zamon, holat esa har xil,
Boʻlishi mumkin yaxshi yoki yomon, boʻl omon.
Koʻchalarda xazon, maqsad ustun,
Yurakda hijron, ishq dardiga chalinadigan boʻlsang bil,
Bu dardga yoʻq davo, davom etadi nolon, davom etar nolon.
Yuragimni qozonib, tinchimni oʻgʻirlasa,
Netarimni bilmayman, yoʻllarimda roʻpara boʻlsa,
Koʻzlarimni uza olmayman.
Kerak emas oltindan togʻlar,
Talabim nozik nafas, samimiy koʻzlar.
Kerak emas olamdan ora,
Hech narsa afzal emas, oʻzingdan oʻzga.
Berilsaki, qani bir mazmunda savollaringga javob,
Oʻyla, oʻzing izla, top, boʻlib qolaveradi natijada holat.
Koʻzlaringni koʻr qilib qoʻygan boʻlsa nafosat,
Soʻzga yoʻq hojat, shu kuyishingda qolmadi gasht.
Nihoyasiga yetay deb qoldi koʻngil sarguzasht,
Albatta vaqt oʻtib har narsa unutilar,
Lekin koʻngilda esa oʻchmas iz qolar.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!