Nuriddin Hamroqulov - Sayrang bulbulim

Sayrang bulbulim, sayrang,
Shu gulning shoxi sinsin.
Yor ayrilaman, deydi,
Ayrilib koʻngli tinsin.
Bu olamga kelib topgan
Meniki, mehribonimsan. (x2)
Koʻzimning ravshani, koʻnglim
Xushi, oromijonimsan. (x2)
Labi laʼli ziloling bizgadir
Obi hayot goʻyo,
Goʻzal bogʻlarga berguvchi
Hayot, obiravonimsan.
Bu Nozim aytadi,
Yuz iltijo aylab nigoriga, (x2)
Menga pandu nasihat
Etgali bir nuktadoshimsan. (x2)
Sayrang bulbulim, sayrang,
Shu gulning shoxi sinsin.
Yor ayrilaman, deydi,
Ayrilib koʻngli tinsin.
Shu gulning shoxi sinsin.
Yor ayrilaman, deydi,
Ayrilib koʻngli tinsin.
Bu olamga kelib topgan
Meniki, mehribonimsan. (x2)
Koʻzimning ravshani, koʻnglim
Xushi, oromijonimsan. (x2)
Labi laʼli ziloling bizgadir
Obi hayot goʻyo,
Goʻzal bogʻlarga berguvchi
Hayot, obiravonimsan.
Bu Nozim aytadi,
Yuz iltijo aylab nigoriga, (x2)
Menga pandu nasihat
Etgali bir nuktadoshimsan. (x2)
Sayrang bulbulim, sayrang,
Shu gulning shoxi sinsin.
Yor ayrilaman, deydi,
Ayrilib koʻngli tinsin.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!