🎵 Qoʻshiq matnlari

Nilufar Usmonova - Uch dugonam

1 daqiqa 2.6K marta oʻqildi
Nilufar Usmonova - Uch dugonam
Uch dugonam bor mani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”,
O`ynagani, kulgani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”. (x2)
Biri biridan chaqqon, shundan yoriga yoqqan, {x2}
Qoshlarida o`sma-yu, chakkasiga gul taqqan.

Uch dugonam bor mani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”,
O`ynagani, kulgani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”.
Uch chikonim bor mani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”,
Doim o`ynab-kulgani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”.

Bir kuni hasrat qilib, yomon desam erimni,
“Hamma ayb sanda!”, deb shilmoq bo`ldi terimni.
Yorimni maqtay ketdi, aybini oqlay ketdi,
Hatto o`zimning feʼlim o`zimga yoqmay ketdi.

Yorimni maqtay ketdi, aybini oqlay ketdi,
Hatto o`zimning feʼlim o`zimga yoqmay ketdi.

Uch dugonam bor mani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”,
O`ynagani, kulgani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”.
Uch chikonim bor mani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”,
Ey, o`ynagani, kulgani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”.

Uchchovi uy bekasi, lek xabardor dunyodan,
Sanʼat, moda, koinot, tibbiyotu, kimyodan.
Falonchi falon bo`libdi falonchining to`yida,
Falonchi falon bo`libdi pistonchining ko`yida.

O`zimizning gap qolib, ular neni o`yida?
Yaxshiyamki uchchovi o`tiradi uyida.

Uch dugonam bor mani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”,
O`ynagani, kulgani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”.
Uch chikonim bor mani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”,
Ey, o`ynagani, kulgani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”.

Shaqqi boshlab beradi, Gulli gapga qo`shilar,
Shu zamonda Nappining tuyg`ulari jo`sh urar.
Shu desangiz, bizlardan hech kim chetda qolmaydi,
So`zlayverib, so`zlayverib ja`gimiz ham tolmaydi.

Uch dugonam bor mani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”,
O`ynagani, kulgani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”.
Uch chikonim bor mani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”,
Ey, o`ynagani, kulgani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!