Yulduz Usmonova - Muhabbat yolgʻonlari

Kunday yulduz erdim men,
Yor saylagan, gul suygan.
Oyga sevdim derdim men,
Endi esa dil kuygan. (x2)
Koʻnglimning armonlari,
Muhabbat yolgʻonlari. (x2)
Yondiradi, kuydiradi,
Muhabbat yolgʻonlari. (x2)
Meni gulga qoʻl solib,
Topganim boʻldi tikon.
Ne-ne ohular qolib,
Oʻpganim chiqdi ilon. (x2)
Jonimning xazonlari,
Muhabbat yolgʻonlari. (x2)
Yondiradi, kuydiradi,
Muhabbat yolgʻonlari. (x2)
Toʻle yordir alamga,
Baxtdan nechun darak yoʻq?
Koʻngil zordir malhamga,
Sevmoq uchun yurak yoʻq. (x2)
Jilva qilib qoshimda,
Tagʻin aldar dunyolar.
Bilmam mening boshimda,
Yana qanday savdolar.
Ruhimning tugʻyonlari,
Muhabbat yolgʻonlari.
Qalbimning figʻonlari,
Muhabbat yolgʻonlari.
Yondiradi, kuydiradi,
Muhabbat yolgʻonlari. (x4+x4)
Yor saylagan, gul suygan.
Oyga sevdim derdim men,
Endi esa dil kuygan. (x2)
Koʻnglimning armonlari,
Muhabbat yolgʻonlari. (x2)
Yondiradi, kuydiradi,
Muhabbat yolgʻonlari. (x2)
Meni gulga qoʻl solib,
Topganim boʻldi tikon.
Ne-ne ohular qolib,
Oʻpganim chiqdi ilon. (x2)
Jonimning xazonlari,
Muhabbat yolgʻonlari. (x2)
Yondiradi, kuydiradi,
Muhabbat yolgʻonlari. (x2)
Toʻle yordir alamga,
Baxtdan nechun darak yoʻq?
Koʻngil zordir malhamga,
Sevmoq uchun yurak yoʻq. (x2)
Jilva qilib qoshimda,
Tagʻin aldar dunyolar.
Bilmam mening boshimda,
Yana qanday savdolar.
Ruhimning tugʻyonlari,
Muhabbat yolgʻonlari.
Qalbimning figʻonlari,
Muhabbat yolgʻonlari.
Yondiradi, kuydiradi,
Muhabbat yolgʻonlari. (x4+x4)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!