🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Aytib ber

3.1K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Aytib ber
Nadomatki, Yaratganga yolvorib,
Deyolmasman murgʻak jonin qaytib ber.
Ular seni oʻldirdi, endi borib,
Hammasini Allohimga aytib ber. (x2)
Notinch yurtning peshonasi shoʻr oʻgʻli,
Dunyo ahlin zor yigʻlatgan zoʻr oʻgʻli.
Endigina 3 yosh eding, goʻr ogʻli,
Hammasini Allohimga aytib ber.
Aytgin barcha shaytonga ulfatlarni,
Yosh boshingga tushgan gʻam-kulfatlarni.
Oʻlaksalar izlagan kalxatlarni,
Hammasini Allohimga aytib ber. (x2)
Tugʻilsayding Oʻzbek degan millatda,
Yashar eding minnati yoʻq ragʻbatda.
Hurgina jon, endi borib jannatda
Hammasini, hammasini aytib ber.
Notinch yurtning peshonasi shoʻr oʻgʻli,
Dunyo ahlin zor yigʻlatgan zoʻr oʻgʻli.
Endigina 3 yosh eding, goʻr ogʻli,
Hammasini Allohimga aytib ber.
Nadomatki, Yaratganga yolvorib,
Deyolmasman murgʻak jonin qaytib ber.
Ular seni oʻldirdi, endi borib,
Hammasini Allohimga aytib ber.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!