Gulsanam Mamazoitova - Oydan tushgan emas

Mevasin yeb bogʻini ham soʻrab qoʻygin,
Kerak boʻlsa, bog’ atrofin oʻrab qoʻygin,
Nihollaring kokillarin tarab qoʻygin, tarab qoʻygin.
Bu binolar qaydan bino boʻldi ekan?
Kim bobolar qaddin raso qildi ekan?
Nechun bizni butun dunyo bildi ekan, bildi ekan?
Hech kimni baxt oʻz-oʻzidan quchgan emas,
Qush ham koʻkka mashaqqatsiz uchgan emas.
Oydin tunlar, osoyishta, tiniq tonglar
Oydan tushgan emas, koʻkdan tushgan emas.
Oydan tushgan emas, koʻkdan tushgan emas,
Ozodlik ham, obodlik ham oʻzi kelmas.

Oydin tunlar, osoyishta, tiniq tonglar.
Ertaklarda moʻjizalar sehr sabab,
Gulu giyoh koʻkargaydir mehr sabab,
Tafakkurning hurligiga nedir sabab, nedir sabab?
Oʻn sakkizga kirgan yigit soʻziga boq,
Yuziga boq, olov yongan koʻziga boq,
Bu eng buyuk xazinadir, doʻstim biroq, doʻstim biroq.
Shijoatning, jasoratning mahsuli bu,
Irodaning, zakovatning mahsuli bu.
Ulug’ inson tanlab olgan haq yoʻli bu,
Oʻzbekiston, bundayin baxt oʻzi kelmas,

Oydin tunlar, osoyishta, tiniq tonglar. (x2)
Oydin tunlar, osoyishta, tiniq tonglar… {x2}

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!