🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Chaqmoq chaqar

2.2K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Chaqmoq chaqar
Chaqmoq chaqar, chaqmoq chaqar,
Yomgʻir yogʻar, yomgʻir yogʻar, (x2)
Men sevganim, men suyganim,
Kimga boqar, kimga boqar? (x2)
Muhabbatdan koʻrdim jafo,
Yor qilmadi menga vafo, (x2)
Yuragimni ul bevafo
Oʻtga yoqar, oʻtga yoqar. (x2)
Chaqmoq chaqar, chaqmoq chaqar,
Yomgʻir yogʻar, yomgʻir yogʻar,
Men sevganim, men suyganim,
Kimga boqar, kimga boqar?
Men sevganim, men suyganim,
Kimga boqar, kimga boqar?
Sevgim gʻunchalari soʻlib,
Hijronlardan koʻnglim toʻlib, (x2)
Koʻzlarimdan daryo boʻlib,
Yoshlar oqar, yoshlar oqar. (x2)
Chaqmoq chaqar, chaqmoq chaqar,
Yomgʻir yogʻar, yomgʻir yogʻar, (x2)
Men sevganim, men suyganim,
Kimga boqar, kimga boqar? (x2)
Kimga boqar, kimga boqar?
Chaqmoq chaqar, chaqmoq chaqar,
Yomgʻir yogʻar, yomgʻir yogʻar…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!