🎵 Qoʻshiq matnlari

Lola Ahmedova - Yolgʻizginam

3K marta oʻqildi
Lola Ahmedova - Yolgʻizginam
Bu ne kundir, sizni koʻrib koʻrolmayman?
Oʻynab-kulib yoningizda yurolmayman.
Topolmasam yaqinlardan soʻrolmayman,
Sizni sevib adashdimmi, yolgʻizginam? {x2}
Keng dunyoga sigʻmay qolgan tor koʻnglimiz,
Netaylikkim, ishqimizda bor koʻnglimiz?
Ikki yoʻlda sargardonu xor koʻnglimiz,
Sizni sevib adashdimmi, yolgʻizginam? {x2}
Ich-etimni kemirmoqda gʻamgin oʻylar,
Ayting jonim, qachon bizni taqdir siylar?
Margʻilondan xafa boʻldi oyu yillar,
Sizni sevib adashdimmi, yolgʻizginam? {x2}
Ayro yoʻllar kutar bizni bekatlarda,
Sof mehringiz qoldi shirin suhbatlarda.
Topib oling endi meni jannatlarda,
Sizni sevib adashdimmi, yolgʻizginam? {x2}
Bu ne kundir, sizni koʻrib koʻrolmayman?
Oʻynab-kulib yoningizda yurolmayman.
Topolmasam yaqinlardan soʻrolmayman,
Sizni sevib adashdimmi, yolgʻizginam? {x2}
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!