🎵 Qoʻshiq matnlari

Shohruhxon - Guliraʼno

1.6K marta oʻqildi
Shohruhxon - Guliraʼno
Hammayoqda atirgul isi,
Har narsadan izlayman maʼno.
Xayolimdan ketmagay isming,
O, Guliraʼno.
Bir dard oʻrtar meni beomon,
Bu dardga hech bormikin davo?
Chora istab, chopdim har tomon,
O, Guliraʼno.
Guliraʼno, Guliraʼno,
Guliraʼno, bormikin davo? (x2)
Berolmasman taqdirga firib –
Sensiz baxtim kulmagay aslo.
Huzuringga keldim bosh urib,
O, Guliraʼno.
Men bilmasman ishqning tilini,
Noming qalbda yashnagay ammo.
Xazon etma sevgim gulini,
O, Guliraʼno.
Guliraʼno, Guliraʼno,
Guliraʼno, bormikin davo? (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!