Manzura - Sevardim takror

Bizni bogʻlovchi koʻpriklar,
Gʻamga toʻla bu kipriklar,
Jimgina, ovozsiz yigʻlar.
Yuguraman xayol tomon,
Xayollarimda sen hamon,
Orqaga chekinar armon.
(Boraman sen tomon)
Agar qayta tugʻilishga imkon
Boʻlganida edi yana bir bor,
Sevar edim yolgʻiz oʻzingni,
Seni sevardim takror-takror. (x2)
Bogʻlarim sensiz xazon,
Yana izlab seni sarson,
Koʻzlarim yoʻlingda, ishon.
Sevgingsiz yashayin qandoq?
Choʻkadi sogʻinchga nigoh,
Bu tun menga qaygʻu hamroh.
(Qaygʻu menga hamroh)
Agar qayta tugʻilishga imkon
Boʻlganida edi yana bir bor,
Sevar edim yolgʻiz oʻzingni,
Seni sevardim takror-takror. (x2)
Yulduzlarga tikilib, seni esladim,
Dengizlarga termulib, seni esladim.
Sogʻindim, sado ber, qaydasan?
– “Men yonginangdaman…”
– “Yonginamda? Nega unda seni koʻrmayapman?”
– “Qalbingga nazar sol!”
Agar qayta tugʻilishga imkon
Boʻlganida edi yana bir bor,
Sevar edim yolgʻiz oʻzingni,
Seni sevardim takror-takror. (x2)
Gʻamga toʻla bu kipriklar,
Jimgina, ovozsiz yigʻlar.
Yuguraman xayol tomon,
Xayollarimda sen hamon,
Orqaga chekinar armon.
(Boraman sen tomon)
Agar qayta tugʻilishga imkon
Boʻlganida edi yana bir bor,
Sevar edim yolgʻiz oʻzingni,
Seni sevardim takror-takror. (x2)
Bogʻlarim sensiz xazon,
Yana izlab seni sarson,
Koʻzlarim yoʻlingda, ishon.
Sevgingsiz yashayin qandoq?
Choʻkadi sogʻinchga nigoh,
Bu tun menga qaygʻu hamroh.
(Qaygʻu menga hamroh)
Agar qayta tugʻilishga imkon
Boʻlganida edi yana bir bor,
Sevar edim yolgʻiz oʻzingni,
Seni sevardim takror-takror. (x2)
Yulduzlarga tikilib, seni esladim,
Dengizlarga termulib, seni esladim.
Sogʻindim, sado ber, qaydasan?
– “Men yonginangdaman…”
– “Yonginamda? Nega unda seni koʻrmayapman?”
– “Qalbingga nazar sol!”
Agar qayta tugʻilishga imkon
Boʻlganida edi yana bir bor,
Sevar edim yolgʻiz oʻzingni,
Seni sevardim takror-takror. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!