Botir Qodirov - Jim turing

Jim turing, shovqinlanmang,
Uyqu ichida ul pari.
Yurma tek tur, ey shamol,
Yursangda yur bir oz nari. (x2)
Jim turing, shovqinlanmang…
Koʻkda bir toʻp qiz malak
Uyqu kuyini boshladi.
Ilgari chalgan tirik
Jonli kuyini boshladi.
E, bosh ichida aylanar,
Bir toʻp farishta jimgina.
Koʻk elining bekasi –
Oy ham qaraydi jimgina.
Jim turing, shovqinlanmang,
Uyqu ichida ul pari.
Yurma tek tur, ey shamol,
Yursangda yur bir oz nari.
Jim turing, shovqinlanmang…
Bu yotish, bu uyqu
Qanday shirin, qanday goʻzal. (x2)
Charchagan, tolgan, umidsiz
Koʻzlarim toʻymay qarar.
Har qarashda koʻnglima
Ming turli oʻylarni solar.
Jim turing, shovqinlanmang,
Uyqu ichida ul pari.
Koʻzlarim toʻymay qarar,
Borliq koʻrinmay tunlari.
Jim turing, shovqinlanmang,
Uyqu ichida ul pari.
Yurma tek tur, ey shamol,
Yursangda yur bir oz nari.
Jim turing, shovqinlanmang…
Uyqu ichida ul pari.
Yurma tek tur, ey shamol,
Yursangda yur bir oz nari. (x2)
Jim turing, shovqinlanmang…
Koʻkda bir toʻp qiz malak
Uyqu kuyini boshladi.
Ilgari chalgan tirik
Jonli kuyini boshladi.
E, bosh ichida aylanar,
Bir toʻp farishta jimgina.
Koʻk elining bekasi –
Oy ham qaraydi jimgina.
Jim turing, shovqinlanmang,
Uyqu ichida ul pari.
Yurma tek tur, ey shamol,
Yursangda yur bir oz nari.
Jim turing, shovqinlanmang…
Bu yotish, bu uyqu
Qanday shirin, qanday goʻzal. (x2)
Charchagan, tolgan, umidsiz
Koʻzlarim toʻymay qarar.
Har qarashda koʻnglima
Ming turli oʻylarni solar.
Jim turing, shovqinlanmang,
Uyqu ichida ul pari.
Koʻzlarim toʻymay qarar,
Borliq koʻrinmay tunlari.
Jim turing, shovqinlanmang,
Uyqu ichida ul pari.
Yurma tek tur, ey shamol,
Yursangda yur bir oz nari.
Jim turing, shovqinlanmang…
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!