🎵 Qoʻshiq matnlari

Sarvar va Komil feat. Lola - Askar maktubi

1 daqiqa 2.6K marta oʻqildi
Sarvar va Komil feat. Lola - Askar maktubi
Salom ona, onajonginam,
Yana sizga yozmoqdaman xat.
Salomatmi aziz otam ham?
Ukalarim yurgandir xushvaqt.
Salom ona, onajonginam,
Bugun sizga yozmoqdaman xat.
Salomatmi aziz otam ham?
Ukalarim yurgandir xushvaqt.
Boshim uzra yulduz charogʻon,
Chegarada turibman sergak.
Yurt boʻlsin deb tinch va farovon,
Doim bedor uradi yurak.
Onajonim, onajonginam,
Sizga mehrim tilagimda jam.
Qutlug’ boʻlsin, muborak boʻlsin,
Eng ulug’ va eng aziz bayram.
Salom sevgilim, senga yozarman xat,
Qalbimda sogʻinch bilan sadoqatimni asrab.
Har doim yuragimda kulib turgan surating,
Yozgan xatingdagi soʻzlaring – “omon qaytgin”.
Toki borman, sog’-omonman,
Gʻurur bilan ona yurtim tinchligin saqlagayman.
Toki bor bilakda kuchim,
Oʻzdan kechib boʻlsa hamki to abad kurashar,
Yuragida Vatan mehri bor boʻlgan har bir askar.
Salom sevgim, salom sevgilim,
Yana bugun yozmoqdaman xat.
Diydorlashish onlari har kun
Sogʻinch bilan kutarman faqat.
Men yaxshiman, siz boʻling omon,
Faxrim – yuzingiz yorug’ boʻlsin.
Tilaymanki har bir askarni
Tangrim panohida asrasin.
Askar boʻlib ulgʻaydim bugun, (oʻzbek oʻgʻloni)
Ona Vatan nedir, angladim. (gʻururim oʻzing)
Jonim fido elu yurt uchun, (Vatanim uchun)
Mard bobolar yoʻlin tanladim.
Omon boʻling mening sevgilim,
Sizga mehrim tilagimda jam.
Qutlug’ boʻlsin, muborak boʻlsin,
Eng ulug’ va eng aziz bayram.
Xayr sevgim, xayr onajon,
Doimo tinch boʻlsin koʻnglingiz.
Toki tinchsiz, sog’-salomatsiz,
Meni asrar sizning mehringiz.
Salom bilan askar oʻgʻlingiz…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!