Hilola Hamidova - Bahor kelsa

Bahor kelsa, gul boʻladi bu togʻlar,
Bulbullardan egiladi butoqlar.
Bahor boʻyi adirlarni kutganda,
Jannatda ham topilmaydi bu chogʻlar-ey, bu chogʻlar. {x2}
Bahor keldi, chaman boʻldi gullarim,
Chaman boʻldi yolgʻizoyoq yoʻllarim.
Jilgʻalardek, yilgʻalardek yugurib,
Yeldek yeldi yolgʻizoyoq yoʻllarim-ey, yoʻllarim. {x2}
Qaydan qayga yugurasan, yelasan?
Yiroqlardan nelar olib kelasan?
Bolaligim, qaysarligim, shoʻxligim,
Ne kunlarni boshginamga solasan-ey, oʻrgilay? {x2}
O-o, uyim yolgʻizoyoq yoʻlning boshida,
Qahri qattiq oʻxshar togʻlar toshiga.
Pinhon-pinhon yetaklaydi qaylarga?
Tashnamidi koʻzginamning yoshiga-ey, yoshiga? {x3}

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!