🎵 Qoʻshiq matnlari

Vohidjon Isoqov - Ota

2.8K marta oʻqildi
Vohidjon Isoqov - Ota
Ota qoni bo`lar yigit qonida,
Ota bo`lsin doim yigit yonida.
Gulzorida bulbul sayrar, bog`ida,
Otang hayot bo`lsa, baxtim bor degin. {x2}

Otang bo`lsa, ko`kka yetar bo`ylaring,
Duo qilsa, yaxshi otar to`ylaring.
Baxt, shodlikka to`lib ketar uylaring,
Otang hayot bo`lsa, baxtim bor degin. {x2}

Mehr berar doim o`g`il-qizingga,
Otalar mard, rost gapirar yuzingga. (x2)
Yomonni hech yondoshtirmas izingga,
Otang hayot bo`lsa, baxtim bor degin. {x2}

Ota rozi – Xudo rozi deganidir,
Otasi yo`q kimlardir g`am yegandir.
Umr bersin qodir Xudo Egamdir,
Otang hayot bo`lsa, baxtim bor degin. {x2}

Ota qoni bo`lar yigit qonida,
Ota bo`lsin doim yigit yonida.
Gulzorida bulbul sayrar, bog`ida,
Otang hayot bo`lsa, baxtim bor degin. {x2}

Otang hayot bo`lsa, baxtim bor degin. {x2}
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!