🎵 Qoʻshiq matnlari

Ahror Usmonov - Beshariq

2.9K marta oʻqildi
Ahror Usmonov - Beshariq
Beshariqda tonglar otadi,
Beshariqda kunlar botadi. (x2)
Mahallamga kelin bo`lolmay,
Oychehra qiz yig`lab yotadi. (x2)

Yulduzlarga so`zlaydi dardin,
Toshbag`irlar tuzlaydi bag`rin. (x2)
Qiz ko`nglini tushunmas har kim,
Oychehra qiz yig`lab yotadi. (x2)

Muhabbatning xo`rligi shumi?
Shum taqdirning zo`rligi shumi?
Yupatolmas hech kimsa uni,
Oychehra qiz yig`lab yotadi.

Uzatildi olisga oyxon,
To`ylarida sochildi rayhon. (x2)
Ammo mening qalbimda hamon
Oychehra qiz yig`lab yotadi. (x2)

Beshariqda tonglar otadi,
Beshariqda kunlar botadi.
Mahallamga kelin bo`lolmay,
Oychehra qiz yig`lab yotadi.

Mahallamga kelin bo`lolmay,
Oychehra qiz yig`lab yotadi. {x3}
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!