🎵 Qoʻshiq matnlari

Alisher Zokirov - Hamon-hamon

1.3K marta oʻqildi
Alisher Zokirov - Hamon-hamon
Hamon, hamon, hamon…
Seni hali, hali hamon.

Qalbimda azob, ko`zlarimda bor soxta kulgu,
Sen esa dardlarimni sezmasang kerak mangu.
Sevib qildim man xato, og`rinar ko`ngil ammo,
Sen esa og`rinmaysan, nega sen sog`inmaysan?

To`kilib bormoqdaman, muzlayabman kun sayin,
Sovuqda qolib ketdi, yurak so`nar guldayin.
Topa olmayin imkon, og`rinar dilim yomon,
Sen esa og`rinmaysan, nega sen sog`inmaysan?

Hamon, hamon, hamon,
Sog`inaman seni-seni hali-hali hamon,
Yuragimni sog`inch dardi qiynar yomon-yomon.
Sensiz yashash, jonim ishon, gumon, gumon, gumon,
Sog`inch yomon-yomon. (x2)

Esingdami, so`zlashar edik yulduzlar bilan,
Boqarding sevgi to`la mehrli ko`zlar bilan.
Sog`inar hamon ko`ngil, eslab og`rinadi dil,
Sen esa og`rinmaysan, nega sen sog`inmaysan?

To`kilib bormoqdaman, muzlayabman kun sayin,
Sovuqda qolib ketdi, yurak so`nar guldayin.
Topa olmayin imkon, og`rinar dilim yomon,
Sen esa og`rinmaysan, nega sen sog`inmaysan?

Hamon, hamon, hamon,
Sog`inaman seni-seni hali-hali hamon,
Yuragimni sog`inch dardi qiynar yomon-yomon.
Sensiz yashash, jonim ishon, gumon, gumon, gumon,
Sog`inch yomon-yomon. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!