🎵 Qoʻshiq matnlari

Davlatshox - Men qolaman

2K marta oʻqildi
Davlatshox - Men qolaman
Dardlarimni bilib turib,
Azoblarim ko`rib turib,
Kelmadi, u kelmadi.
Yolg`izlikda cho`kkanimda,
Afsusdan qon yutganimda,
Kelmadi, u qaytmadi.

Tushlarimda seni ko`rib,
Sevishimni ming bor aytdim,
Qaytmading, sen kelmading.
Yonayotgan olov bo`lib,
Sarg`ayib man xazon bo`ldim,
Sezmading, sen bilmading.

Balki bu hayotda dardimdir bir tomchi,
Azoblar dilimni kemirib bormoqchi.
Qarasang yuzimdan nafrat shundoq sezilar,
Sen ketgan kuningdan hayot tekis buzilar.

Qarama, qarama ko`zlarimga,
Azobdir tushungin menga,
Yonaman, yonaman…
Armonlardan zanjir o`rab,
Yolg`onlardan qasr qurib,
Qolaman, qolaman… (x2)

Mayli sevmasang sevma,
Mayli qaytmasang qaytma,
Endi menga buni butkul farqi yo`q.
Yuragim muzlagan,
Aqlim butkul charchagan,
Bu yurakni yana birovga ravo ko`rgim yo`q.

Sho`x-shodon edim, g`ururi osmon edim,
Yer bilan bir bo`ldim, ko`mildim.
Afsus ko`rgan kunimga, afsuslar bo`lsin senga,
Shuncha azoblar kerakmidi, ayt menga?

Qarama, qarama ko`zlarimga,
Azobdir tushungin menga,
Yonaman, yonaman…
Armonlardan zanjir o`rab,
Yolg`onlardan qasr qurib,
Qolaman, qolaman… (x4)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!