🎵 Qoʻshiq matnlari

Bekzod Eshonov - Doʻst

4.1K marta oʻqildi
Bekzod Eshonov - Doʻst
Hali sizni doʻst bildimmi?
Xom sut emgan bandaya.
Sodda qalbim chuv tushishni
Hech qilmaydi kandaya.

Sinalmaganga sir berib,
Attang qilmay ne qilay?
Bedil kimsaga dil berib,
Qanday minnatdor boʻlay?

Hali sizni doʻst bildimmi,
Odam qurib ketganday?
Esiz, ishonch-oqibat ham
Yuzin burib ketganday.

Tili bir-u, dili boshqa,
Amalingiz boʻlakcha.
Adashibmiz doʻst tutinib,
Yoʻlim boshqa yoʻlakcha.

Doʻst deb yonib-yonib yurardim,
Doʻst, qani-qani vafoying? (x2)

Sizdek doʻstim turganida
Dushman, ayting, ne darkor?
Niqobingizni yeching, bas,
Asl yuzingiz oshkor.

Doʻstingdan top, deganlarin
Bugun anglab yetyapman.
Siz kavlagan chohdan, yo Rab,
Bir-bir hatlab oʻtyapman.

Doʻst deb yonib-yonib yurardim,
Doʻst, qani-qani vafoying? (x2)

Men havoyi soʻzingizdan
Mast boʻlganga oʻxshayman.
Sizni osmon bilib, oʻzim
Past boʻlganga oʻxshayman.

Ortimdan tig‘ urgan doʻstim,
Qalbda borin koʻchirdim.
Faqatgina haq yoʻlida
Bugun sizni kechirdim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!