🎵 Qoʻshiq matnlari

Alijon Isoqov - Oʻzbegim qizlari

3.2K marta oʻqildi
Alijon Isoqov - Oʻzbegim qizlari
Biringiz hamrohim, biringiz singlim,
Tinglang yurakdagi nolalarim siz.
Yigitlar ne desa ham ishonavermang,
Asal soʻzlariga quvonavermang. (x3)

Goʻzal-goʻzal qizlar, asal-asal qizlar,
Oʻzbegimning qizlari, chiroylisizlar.
Goʻzal-goʻzal qizlar, asal-asal qizlar,
Oʻzbegimning qizlari, ibolisizlar.

Yurishingiz boʻlsin shohonalarcha,
Qalbdagi sevgingiz afsonalarcha. (x2)
Shirin-shirin soʻzlar makriga uchmang,
Vaʼdaga vafoli yigitdan kechmang. (x2)

Goʻzal-goʻzal qizlar, asal-asal qizlar,
Oʻzbegimning qizlari, chiroylisizlar.
Goʻzal-goʻzal qizlar, asal-asal qizlar,
Oʻzbegimning qizlari, ibolisizlar.

Tohiru-Zuhrolar sevgi qurboni,
Majnunni qiynagan Layli hijroni. (x2)
Yuzingizda oʻzbek hayosi bordir,
Yaxshi qiz vasliga Alijon zordir. (x2)

Goʻzal-goʻzal qizlar, asal-asal qizlar,
Oʻzbegimning qizlari, chiroylisizlar.
Goʻzal-goʻzal qizlar, asal-asal qizlar,
Oʻzbegimning qizlari, ibolisizlar. (x1+x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!