Renat Sobirov - Oʻylama meni (2020)

Esingdami u kunlar,
Sof, haqiqiy goʻzal tuygʻular?
Bir-birimiz sogʻinib,
Xatlar yozib tonglar otgan kechalar?
Shirin orzular bilan
Tuzib turli rejalar,
Hech oʻylamasdik aslo
Taqdir bizni ajratar deya.
Oʻylama meni, kechirdim seni,
Hech boʻlmasa koʻray sening baxtingni.
Oʻylama meni, kechirgin meni,
Oxirgi bor koʻray goʻzal kulgingni,
Oʻsha kulgingni.
Rang berib hayotimga,
Endi aylanding begonaga.
Yoki sen bilganmiding
Yor boʻlishingni begonaga?
Holatim aytib turar –
Men ekanman begona.
Yuragimni aldayman
Topib har xil bahona nega?
Oʻylama meni, kechirdim seni,
Hech boʻlmasa koʻray sening baxtingni.
Oʻylama meni, kechirgin meni,
Oxirgi bor koʻray goʻzal kulgingni, (x2)
Oʻsha kulgingni.
Sof, haqiqiy goʻzal tuygʻular?
Bir-birimiz sogʻinib,
Xatlar yozib tonglar otgan kechalar?
Shirin orzular bilan
Tuzib turli rejalar,
Hech oʻylamasdik aslo
Taqdir bizni ajratar deya.
Oʻylama meni, kechirdim seni,
Hech boʻlmasa koʻray sening baxtingni.
Oʻylama meni, kechirgin meni,
Oxirgi bor koʻray goʻzal kulgingni,
Oʻsha kulgingni.
Rang berib hayotimga,
Endi aylanding begonaga.
Yoki sen bilganmiding
Yor boʻlishingni begonaga?
Holatim aytib turar –
Men ekanman begona.
Yuragimni aldayman
Topib har xil bahona nega?
Oʻylama meni, kechirdim seni,
Hech boʻlmasa koʻray sening baxtingni.
Oʻylama meni, kechirgin meni,
Oxirgi bor koʻray goʻzal kulgingni, (x2)
Oʻsha kulgingni.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!