🎵 Qoʻshiq matnlari

Yulduz Usmonova - Dunyolaridan

2.5K marta oʻqildi
Yulduz Usmonova - Dunyolaridan
Koʻzlaringda armon jolasi,
Koʻzlarimda hijron nolasi,
Kel, ketaylik dunyolaridan.
Seni koʻrib qaldirgʻoch yigʻlar,
Shu zogʻlarga qolsin bu bogʻlar,
Kel, ketaylik dunyolaridan. (x2)

Yur, qirlarga qonimiz sochib,
Jannatlarning eshigin ochib,
Kel, ketaylik, ketaylik dunyolaridan.
Turnalarga jonimiz sochib,
Jannatlarning eshigin ochib,
Kel, ketaylik, ketaylik dunyolaridan.

Oʻtar boʻlsak jonga oʻt qalab,
Yuraklarni qiyma-qiymalab,
Kel, ketaylik dunyolaridan.
Koʻzlaringda armon jolasi,
Koʻzlarimda hijron nolasi,
Kel, ketaylik dunyolaridan.

Xush koʻrmagan yor sochin silar,
Yuraklarni qiyma-qiymalar,
Kel, ketaylik dunyolaridan.
Koʻzlaringda armon jolasi,
Koʻzlarimda hijron nolasi,
Kel, ketaylik dunyolaridan.

Yur, qirlarga qonimiz sochib,
Jannatlarning eshigin ochib,
Kel, ketaylik, ketaylik dunyolaridan.
Turnalarga jonimiz sochib,
Jannatlarning eshigin ochib,
Kel, ketaylik, ketaylik dunyolaridan.

Yur, qirlarga qonimiz sochib,
Turnalarga jonimiz sochib,
Kel, ketaylik dunyolaridan, dunyolaridan.
Turnalarga jonimiz sochib,
Jannatlarning eshigin ochib,
Kel, ketaylik, ketaylik dunyolaridan.

Ketaylik, ketaylik,
Ketaylik, kel, dunyolaridan. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!