🎵 Qoʻshiq matnlari

Abdurashid Yoʻldoshev - Jonim

1.9K marta oʻqildi
Abdurashid Yoʻldoshev - Jonim
Jonim, jonim deb turib,
Jonimni olmang mani.
Jonim, yuragim yondirib,
Oʻtlarga solmang mani. (x2)

Man gʻarib yolgʻiz uchun,
Kemasiz dengiz uchun,
Yashab faqat siz uchun,
Begona bilmang mani. (x2)

Bir qoʻnsangiz kaftimga,
Chidolmaysiz taftimga.
Oqshomlari qasdimga,
Tonggacha chalmang mani.

Manga oʻymang qovoqlar,
Qilmang nozu-firoqlar.
Dilga yoqmay chiroqlar,
Tigʻsiz oʻldirmang mani.

Man gʻarib yolgʻiz uchun,
Kemasiz dengiz uchun,
Yashab faqat siz uchun,
Begona bilmang mani. (x2)

Gar tegsangiz gʻashimga,
Gʻam toʻlar bardoshimga. (x2)
Yolgʻizgina boshimga
Gʻavgʻo toʻldirmang mani.

Jonim, jonim deb turib,
Jonimni olmang mani.
Yuragimni yondirib,
Oʻtlarga solmang mani. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Soldier - Osmonga ayt

16-aprel, 20201.5K