Leyla - Soʻrama holim

Yigʻlama yetar, bir kun unutarsan meni,
Yuragim istar – qolsaydim birga,
Ammo ketarsan nega?
Oʻylayman baʼzida seni va ikkimizni,
Oʻzimiz tanlagan orzu bu sevgimizni.
Esimda oʻsha, oʻsha sening koʻzlaring,
Yoqimli ifor, oʻsha qarashlaring.
Soʻrama, soʻrama, soʻrama holim,
Yuribman bir oʻzim, yoʻqdir madorim. (x2)
Aldandi sevdim deb yurak,
Ishongan ediku halak.
Bir senga zor edi yurak,
Bir seni deb yashagan yurak.
Bir senga oʻrgandi yurak,
Seni deb yashasa kerak.
Umidlarim soʻndirma meni,
Seni sevdim, seni bir faqat.
Yondiradi mani, harorati mani,
Aqlimdan ozdirib, xayolim oladi.
Oʻzimdan oʻziga bir qadam qoladi,
Negadir yurak bir uni sevadi. (x2)
(Negadir soʻnggi payt uzoqlashar edik,
Sevgimiz choʻg‘ kabi soʻnib borar edi.
Nima edi aybim, buni bilmas edim,
Soʻramay holimni, tark etib ketar deb.
Ketmoqdasan olis, olis dengiz tomon,
Sevgimiz koʻmilgan oʻsha oʻtmish tomon.
Eslarsan koʻp hali, tinch qoʻy yetar mani,
Ketgan eding oʻzing, soʻrama holimni! )
Soʻrama, soʻrama, soʻrama holim,
Yuribman bir oʻzim, yoʻqdir madorim. (x2)
Yigʻlama yetar, bir kun unutarsan meni…
Yuragim istar – qolsaydim birga,
Ammo ketarsan nega?
Oʻylayman baʼzida seni va ikkimizni,
Oʻzimiz tanlagan orzu bu sevgimizni.
Esimda oʻsha, oʻsha sening koʻzlaring,
Yoqimli ifor, oʻsha qarashlaring.
Soʻrama, soʻrama, soʻrama holim,
Yuribman bir oʻzim, yoʻqdir madorim. (x2)
Aldandi sevdim deb yurak,
Ishongan ediku halak.
Bir senga zor edi yurak,
Bir seni deb yashagan yurak.
Bir senga oʻrgandi yurak,
Seni deb yashasa kerak.
Umidlarim soʻndirma meni,
Seni sevdim, seni bir faqat.
Yondiradi mani, harorati mani,
Aqlimdan ozdirib, xayolim oladi.
Oʻzimdan oʻziga bir qadam qoladi,
Negadir yurak bir uni sevadi. (x2)
(Negadir soʻnggi payt uzoqlashar edik,
Sevgimiz choʻg‘ kabi soʻnib borar edi.
Nima edi aybim, buni bilmas edim,
Soʻramay holimni, tark etib ketar deb.
Ketmoqdasan olis, olis dengiz tomon,
Sevgimiz koʻmilgan oʻsha oʻtmish tomon.
Eslarsan koʻp hali, tinch qoʻy yetar mani,
Ketgan eding oʻzing, soʻrama holimni! )
Soʻrama, soʻrama, soʻrama holim,
Yuribman bir oʻzim, yoʻqdir madorim. (x2)
Yigʻlama yetar, bir kun unutarsan meni…
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!