🎵 Qoʻshiq matnlari

Gʻulomjon Yoqubov - San keragimsan

3.1K marta oʻqildi
Gʻulomjon Yoqubov - San keragimsan
Mani rom ayladi soʻz demay qarashlaring,
Yulduzlar orasida oy boʻlib yarashganing.
Rohati jon erur sani bir kaloming,
Mani band ayladi toabad jamoling.

San-san yuragimdasan, san-san yuragimsan,
San-san yuragimdasan, san-san keragimsan. (x2)

Koʻzlarimda maning oshiqlar ishqimidi?
Sani dil makoning parilar koʻshkimidi?
Ey, xabaring yoʻq ekan oshigʻing dardidan,
Sabogʻing yoʻq ekan muhabbat darsidan.

San-san yuragimdasan, san-san yuragimsan,
San-san yuragimdasan, san-san keragimsan. (x2)

Mani mahzun aylama, holim zabun aylama,
Hijroning oʻyida, hey, mani ipsiz bogʻlama.

San-san yuragimdasan, san-san yuragimsan,
San-san yuragimdasan, san-san keragimsan. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!