🎵 Qoʻshiq matnlari

Salih va Nilufar Usmonova - Omad yor boʻlsin

1.9K marta oʻqildi
Salih va Nilufar Usmonova - Omad yor boʻlsin
[Salih]
Bu sinovmi? Bu sinovmi? (x2)
Qani Nilufar, qoʻllar duoga,
Qani Shahzoda, qoʻllar tepaga.

[Nilufar Usmonova]
Chekinmayman, boʻsh kelmayman,
Intilishdan aslo toʻxtamayman.
Boʻsh kelmayman, chekinmayman,
Initilishdan aslo toʻxtamayman.

[Salih]
Hayot seniki, umr seniki, undagi toʻrt fasllar seniki,
Oʻsha sovuq hijron, qahraton alam,
Bilasanmi kam dunyoda armonli bu olam.
Mayli, yigʻla, dodla, lekin tur, yugur,
Qaytmas ekan vaqt, qaytmas ekan butkul,
Imkoningdan foydalan, soʻra, iltimos, iltijo qil.

[Nilufar Usmonova]
Vaqt goʻyo shamoldek
Hecham esishdan tolmas ekan.
Olismi, yaqinmi baxting,
Faqat shuni bilib boʻlmas, buni bilib boʻlmas ekan.

Omad, omad, omad, omad yor boʻlsin, {x4}
[Salih]
Hammaning omadini bersin!

[Nilufar Usmonova]
Mayli boʻron yo chang-toʻzon
Xira qilarkan umringni obdon.
Har sinovga bardosh bersang,
Sabr oftobi yoʻling yoritarkan.

Aybingdan tonma, tan ol xatoyingni,
Nafs balosi badnom qilar,
Uvol qilar oʻzi shundoq ham omonat umringni. Mumkinmas!
Mayli, yigʻla, dodla, lekin tur, yugur,
Qaytmas ekan vaqt, qaytmas ekan butkul,
Imkoningdan foydalan, soʻra, iltimos, iltijo qil.

[Nilufar Usmonova]
Vaqt goʻyo shamoldek
Hecham esishdan tolmas ekan.
Olismi, yaqinmi baxting,
Faqat shuni bilib boʻlmas, buni bilib boʻlmas ekan.

Omad, omad, omad, omad yor boʻlsin, {x8}
[Salih]
Hammaning omadini bersin!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!