Ali Otajonov - Xotira

Duolari yoritardi yoʻllarimni,
Tabassumi bog‘ qilardi choʻllarimni,
Haqqa boshlar edi tutib qoʻllarimni.
Hayot degan boʻstondagi zoʻr bogʻbonim,
Diydorlari endi armon buvajonim. (x2)
Dilga joylab mehru vafo quyoshini,
Dard kelsa ham, koʻrsatmagan koʻz yoshini,
Roziligin topgan umr yoʻldoshini.
Sizdan keyin boʻshab qoldi toʻrt tomonim,
Diydorlari endi armon buvajonim. (x2)
Quchogʻida quvontirdi, topdim kamol,
Bir soʻrasam, oʻnni tutgan olmay malol,
Siz sababli boʻldim elda lafzi halol.
Nomingizni aytib chiqqan til zabonim,
Diydorlari endi armon buvajonim. (x2)
Sogʻinganda nasixat-u, suhbatingiz,
Ovuntirar devordagi suratingiz,
Ketdingizmi sanʼatingiz qoʻyib yolgʻiz?
Yoningizda xush oʻtardi har bir onim,
Diydorlari endi armon buvajonim. (x2)
Diydorlari endi armon buvajonim…
Tabassumi bog‘ qilardi choʻllarimni,
Haqqa boshlar edi tutib qoʻllarimni.
Hayot degan boʻstondagi zoʻr bogʻbonim,
Diydorlari endi armon buvajonim. (x2)
Dilga joylab mehru vafo quyoshini,
Dard kelsa ham, koʻrsatmagan koʻz yoshini,
Roziligin topgan umr yoʻldoshini.
Sizdan keyin boʻshab qoldi toʻrt tomonim,
Diydorlari endi armon buvajonim. (x2)
Quchogʻida quvontirdi, topdim kamol,
Bir soʻrasam, oʻnni tutgan olmay malol,
Siz sababli boʻldim elda lafzi halol.
Nomingizni aytib chiqqan til zabonim,
Diydorlari endi armon buvajonim. (x2)
Sogʻinganda nasixat-u, suhbatingiz,
Ovuntirar devordagi suratingiz,
Ketdingizmi sanʼatingiz qoʻyib yolgʻiz?
Yoningizda xush oʻtardi har bir onim,
Diydorlari endi armon buvajonim. (x2)
Diydorlari endi armon buvajonim…
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!