Xamdam Sobirov - Oygul

Bir qizni sevdim 19 yoshida,
Koʻngil beribman bilmay boshida.
Nahotki, adashdim sevgi yoʻlida?
Yuragim soddasan, soddasan.
Doʻstlarim kulardi uning qoshida,
Shu kunlar bor ekan yigit boshida.
Ne qilay, koʻnglim yoʻq oʻzgasida,
Yuragim soddasan, soddasan.
Oygul, yuzingdan bermading boʻsa,
Ha, men oshiqman, telbaman oʻsha.
Izingdan yurmagan qanchadan qancha,
Meni qiynaydi oʻsha tun, oʻsha. (x2)
Oshiqlarin oʻraydi u koʻzida,
Nelar yashiringan gul yuzida?
Mening muhabbatim uning qoʻlida,
Yuragim soddasan, soddasan.
Yolgʻonlarin qoʻymaydi soʻzida,
Sezmadim, nafrat bor ekan dilida.
Vafo koʻrmadim, eh sevgisida,
Yuragim soddasan, soddasan.
Oygul, yuzingdan bermading boʻsa,
Ha, men oshiqman, telbaman oʻsha.
Izingdan yurmagan qanchadan qancha,
Meni qiynaydi oʻsha tun, oʻsha. (x2)
Koʻngil beribman bilmay boshida.
Nahotki, adashdim sevgi yoʻlida?
Yuragim soddasan, soddasan.
Doʻstlarim kulardi uning qoshida,
Shu kunlar bor ekan yigit boshida.
Ne qilay, koʻnglim yoʻq oʻzgasida,
Yuragim soddasan, soddasan.
Oygul, yuzingdan bermading boʻsa,
Ha, men oshiqman, telbaman oʻsha.
Izingdan yurmagan qanchadan qancha,
Meni qiynaydi oʻsha tun, oʻsha. (x2)
Oshiqlarin oʻraydi u koʻzida,
Nelar yashiringan gul yuzida?
Mening muhabbatim uning qoʻlida,
Yuragim soddasan, soddasan.
Yolgʻonlarin qoʻymaydi soʻzida,
Sezmadim, nafrat bor ekan dilida.
Vafo koʻrmadim, eh sevgisida,
Yuragim soddasan, soddasan.
Oygul, yuzingdan bermading boʻsa,
Ha, men oshiqman, telbaman oʻsha.
Izingdan yurmagan qanchadan qancha,
Meni qiynaydi oʻsha tun, oʻsha. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!