Xamdam Sobirov - Osmonlarda

Seni uzatishdi boshqaga,
Koʻrib turib, ketayabman orqaga.
Koʻnglimni soʻramadi hech kimsa,
Aytaqol sevishingni boshqaga.
Ayrilgan kunimizdan boʻlmadi menda halovat,
Yuragimga otilgan oʻq, bitmayapti jarohat.
Qancha yana davom etar oʻrtadagi adovat ayt, ayt?
Bilmadim ne kechadi holatim, oʻylama faqat,
Balki bizga berilgan muhabbatdan tugadi vaqt.
Uyingdagilar orzusi seni baxting emas taxt, ha, ha.
Yigʻlayverma, koʻrishamiz
Osmonlarda, osmonlarda, osmonlarda.
Jimgina, kel yashaylik
Xayollarda, xayollarda, xayollarda.
Oʻrtada yoʻq ishonch, gapir ayblaringni,
Parchalangan muhabbat sen taraf, men taraf.
Oʻzingni qoʻlga ol, endi sevgi uvol,
Tushunmasdan koʻngil, sen taraf, men taraf.
Senga berdim savol, kutaman – yoʻq javob,
Sinib boʻlgan sevgi sen taraf, men taraf.
Hey, sen taraf, men taraf.
Dardlarimni aytolmadim, sogʻinganda borolmadim,
Seni baxtli qilolmadim, oʻzimni kechirolmadim.
Koʻz yoshlaring artolmadim, bagʻrimga toʻyib bosolmadim,
Sochlaringni silolmadim, oʻzimni kechirolmadim.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!