🎵 Qoʻshiq matnlari

Javohir Zokirov - Donoman (OST “Gardkam”)

1.7K marta oʻqildi
Javohir Zokirov - Donoman (OST “Gardkam”)
“Donoman” deb urinma,
Nodonliging bilingay.
“Oshnoman” deb lof urma,
Shaytonliging bilingay.

Ushlab turib qoʻlda tor,
Boʻldim dema sanʼatkor.
Odamman deb chiranma,
Hayvonliging bilingay.

Inson ne uchun kerak,
Vijdonlari boʻlmasa?
Zamin ne uchun kerak,
Insonlari boʻlmasa?

Topganingda goʻzal bogʻlar,
Yoʻqotganingda achinma,
Bu dunyo omonat, bu dunyo omonat.

Osmon ne uchun kerak,
Yulduzlari boʻlmasa?
Burgut ne uchun kerak,
Juft qanoti boʻlmasa?

Topganingga xursand boʻlma,
Yoʻqotganingda achinma.
Bu dunyo omonat, bu dunyo omonat.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!