Xamdam Sobirov - Baxtli boʻlolmadik

Biz baxtli boʻlolmadik, ayt ne sabab?
Gap-soʻzlardan yo qocholmadik, ayt kim sabab?
Biz baxtli boʻlolmadik, ayt ne sabab?
Yolgʻonlardan biz oʻtolmadik, ayt kim sabab?
Yuragimni yulib tashlasam,
Endi isming boshqa aytmasam,
Sevgimizni koʻmib tashlasam,
Bu mavzuga boshqa qaytmasam. (x2)
Meni endi esingdan chiqar,
Hammasiga koʻz yumdik, yetar.
Ajralsak biz, kimlardir yutar,
Yaralangan koʻngil qachondir bitar.
Mayli sen yaxshi yasha, men esa yomon,
Yigʻlama, sevaman seni men hamon.
Tosh otganga tosh otaymi,
Yo quyoshdek jim botaymi,
Sevgimizda gar boʻlsa gumon?
Yuragimni yulib tashlasam,
Endi isming boshqa aytmasam,
Sevgimizni koʻmib tashlasam,
Bu mavzuga boshqa qaytmasam. (x2)
Gap-soʻzlardan yo qocholmadik, ayt kim sabab?
Biz baxtli boʻlolmadik, ayt ne sabab?
Yolgʻonlardan biz oʻtolmadik, ayt kim sabab?
Yuragimni yulib tashlasam,
Endi isming boshqa aytmasam,
Sevgimizni koʻmib tashlasam,
Bu mavzuga boshqa qaytmasam. (x2)
Meni endi esingdan chiqar,
Hammasiga koʻz yumdik, yetar.
Ajralsak biz, kimlardir yutar,
Yaralangan koʻngil qachondir bitar.
Mayli sen yaxshi yasha, men esa yomon,
Yigʻlama, sevaman seni men hamon.
Tosh otganga tosh otaymi,
Yo quyoshdek jim botaymi,
Sevgimizda gar boʻlsa gumon?
Yuragimni yulib tashlasam,
Endi isming boshqa aytmasam,
Sevgimizni koʻmib tashlasam,
Bu mavzuga boshqa qaytmasam. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!