🎵 Qoʻshiq matnlari

Jahongir Otajonov - Sohibjamolim

2.3K marta oʻqildi
Jahongir Otajonov - Sohibjamolim
Yogʻdu sochar, ketar zulmat tuninda
Mening sohibjamolimni koʻrdingmu?
Bahor ayyomida, Navroʻz kuninda
Mening sohibjamolimni koʻrdingmu?

Anqo sifat “hu” deb, koʻkka uchgan qush,
Kechasi tirikdir, kunduzi behush.
Navoiy jandalik, egni hirqapush
Mening sohibjamolimni koʻrdingmu?

Qon etibdur falak, bagʻrim firoqda,
Doimo kezarman yor deb, soʻroqda.
“Kaʼba” tarafinda, Shomda, Iroqda
Mening sohibjamolimni koʻrdingmu?

Oshiqlar ohida, kun-zun bahrida,
“Qutbayil Islom”da, Jayxun nahrida.
Sadro sahrosida, Iso shahrida,
“Kaʼba” tarafinda, Shomda, Iroqda,
Mening sohibjamolimni koʻrdingmu?

Hazrat Ali etgach olamga davr,
Kofdan “Kaʼba” ketdi, hazratning chavi.
Yo iqlim egasi – hazrat Yassaviy,
Mening sohibjamolimni koʻrdingmu?

Maskan tutmish Qoratogʻning burnida,
Alining mulkida, Iso oʻrnida.
Yerning orqasinda, koʻkning qoʻynida,
Mening sohibjamolimni koʻrdingmu?

Mahtumquli chekar yorning gʻamini,
Kezib topa bilmas roʻyi-zaminni.
Yo oti Jabroil, haqning amini,
Mening sohibjamolimni koʻrdingmu?

Oshiqlar ohida, kun-zun bahrida,
“Qutbayil Islom”da, Jayxun nahrida.
Sadro sahrosida, Iso shahrida,
“Kaʼba” tarafinda, Shomda, Iroqda,
Mening sohibjamolimni koʻrdingmu?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!