Yulduz Usmonova - Kelmadi (Keladi yor)

Koʻnglimga bir turli xayollar keldi,
Armonlari uzun savollar keldi,
Holim soʻragani hilollar keldi,
Kelmading, birgina oʻzing kelmading.
Shubhalar koʻnglimni yoqar boʻldilar,
Baʼzida ozorli chaqar boʻldilar,
Tomir-tomirimda oqar boʻldilar,
Kelmading, birgina oʻzing kelmading.
Keladi yor, keladi yor, demagin,
Suyadi yor, suyadi yor, demagin.
Yonadi yor, yonadi yor, demagin,
Ammo, lek, ammo… (x2)
Tila titoy, tatoy titoy, shabada,
Tila titoy, tatoy titoy, shabada.
Dila didoy, dadoy didoy, shabada,
Shabada, deydi shabada. (x2)
Yarim koʻngil sensiz toʻlmasa netay?
Yurakka buyurib boʻlmasa netay?
Boshginamni olib qaylarga ketay?
Kelmading, birgina oʻzing kelmading.
Koʻnglimga bir turli xayollar keldi,
Armonlari uzun savollar keldi,
Holim soʻragani hilollar keldi,
Kelmading, birgina oʻzing kelmading.
Keladi yor, keladi yor, demagin,
Suyadi yor, suyadi yor, demagin.
Yonadi yor, yonadi yor, demagin,
Ammo, lek, ammo… (x2)
Tila titoy, tatoy titoy, shabada,
Tila titoy, tatoy titoy, shabada.
Dila didoy, dadoy didoy, shabada,
Shabada, deydi shabada. (x2)
Armonlari uzun savollar keldi,
Holim soʻragani hilollar keldi,
Kelmading, birgina oʻzing kelmading.
Shubhalar koʻnglimni yoqar boʻldilar,
Baʼzida ozorli chaqar boʻldilar,
Tomir-tomirimda oqar boʻldilar,
Kelmading, birgina oʻzing kelmading.
Keladi yor, keladi yor, demagin,
Suyadi yor, suyadi yor, demagin.
Yonadi yor, yonadi yor, demagin,
Ammo, lek, ammo… (x2)
Tila titoy, tatoy titoy, shabada,
Tila titoy, tatoy titoy, shabada.
Dila didoy, dadoy didoy, shabada,
Shabada, deydi shabada. (x2)
Yarim koʻngil sensiz toʻlmasa netay?
Yurakka buyurib boʻlmasa netay?
Boshginamni olib qaylarga ketay?
Kelmading, birgina oʻzing kelmading.
Koʻnglimga bir turli xayollar keldi,
Armonlari uzun savollar keldi,
Holim soʻragani hilollar keldi,
Kelmading, birgina oʻzing kelmading.
Keladi yor, keladi yor, demagin,
Suyadi yor, suyadi yor, demagin.
Yonadi yor, yonadi yor, demagin,
Ammo, lek, ammo… (x2)
Tila titoy, tatoy titoy, shabada,
Tila titoy, tatoy titoy, shabada.
Dila didoy, dadoy didoy, shabada,
Shabada, deydi shabada. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!