Sardor Toirov - Malikam

Soʻzimni oʻxshatib soʻzingga,
Koʻzimni qaratib koʻzingga,
Oʻzimni oʻrgatib oʻzingga,
Ketasanmi, mendan kechasanmi?
Yetmasmi taqdirning jazosi,
Ketmas bu koʻzlaring qarosi,
Bitmas hech muhabbat yarosi,
Bilasanmi, jonim, bilasanmi?
Malikam deymu yoki Layli,
Biri kam dunyo dedik, mayli.
Har kuni ham koʻrmasam ham mayli,
Soʻnggi bora bir bor koʻrishaylik. (x2)
Joningga jon toʻkib, ey nigor,
Poyingga gullar toʻkib, intizor,
Yonimga chorlasam soʻnggi bor,
Kelasanmi, jonim, kelasanmi?
Ayt, qachon ogʻritdim dilingni,
Qay tomon boshlading yoʻlingni?
Vo ajab, oʻzgaga qoʻlingni
Tutasanmi, jonim, tutasanmi?
Malikam deymu yoki Layli,
Biri kam dunyo dedik, mayli.
Har kuni ham koʻrmasam ham mayli,
Soʻnggi bora bir bor koʻrishaylik. (x2)
Ayt, qachon ogʻritdim dilingni,
Qay tomon boshlading yoʻlingni?
Vo ajab, oʻzgaga qoʻlingni
Tutasanmi, jonim, tutasanmi?
Malikam deymu yoki Layli,
Biri kam dunyo dedik, mayli.
Har kuni ham koʻrmasam ham mayli,
Soʻnggi bora bir bor koʻrishaylik. (x2)
Koʻzimni qaratib koʻzingga,
Oʻzimni oʻrgatib oʻzingga,
Ketasanmi, mendan kechasanmi?
Yetmasmi taqdirning jazosi,
Ketmas bu koʻzlaring qarosi,
Bitmas hech muhabbat yarosi,
Bilasanmi, jonim, bilasanmi?
Malikam deymu yoki Layli,
Biri kam dunyo dedik, mayli.
Har kuni ham koʻrmasam ham mayli,
Soʻnggi bora bir bor koʻrishaylik. (x2)
Joningga jon toʻkib, ey nigor,
Poyingga gullar toʻkib, intizor,
Yonimga chorlasam soʻnggi bor,
Kelasanmi, jonim, kelasanmi?
Ayt, qachon ogʻritdim dilingni,
Qay tomon boshlading yoʻlingni?
Vo ajab, oʻzgaga qoʻlingni
Tutasanmi, jonim, tutasanmi?
Malikam deymu yoki Layli,
Biri kam dunyo dedik, mayli.
Har kuni ham koʻrmasam ham mayli,
Soʻnggi bora bir bor koʻrishaylik. (x2)
Ayt, qachon ogʻritdim dilingni,
Qay tomon boshlading yoʻlingni?
Vo ajab, oʻzgaga qoʻlingni
Tutasanmi, jonim, tutasanmi?
Malikam deymu yoki Layli,
Biri kam dunyo dedik, mayli.
Har kuni ham koʻrmasam ham mayli,
Soʻnggi bora bir bor koʻrishaylik. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!