🎵 Qoʻshiq matnlari

Ortiqboy Roʻziboyev - Taqdirning ishlari

1.7K marta oʻqildi
Ortiqboy Roʻziboyev - Taqdirning ishlari
Taqdirning ishlari g`aroyib,
Kecha ko`rganing, bugun yo`q, g`oyib.
Hech narsa abadiymas aslo,
Shunday bo`lsa ham, hayot ajoyib. (x2)

Ne yaxshi, ne yomon, bila olmassan,
Ketdingmi, hech qaytib kela olmassan.
Kim yaxshi, kim yomon, bila olmassan,
Ketdingmi, hech qaytib kela olmassan.

Dunyo deb atalmish hashamat makon,
Biz uchun ochilgan ajoyib do`kon.
Ne olsak, olamiz undan va lekin
Olib ketmoqlikka yo`qdir hech imkon. (x2)

Ne yaxshi, ne yomon, bila olmassan,
Ketdingmi, hech qaytib kela olmassan.
Kim yaxshi, kim yomon, bila olmassan,
Ketdingmi, hech qaytib kela olmassan.

Kurrayi zaminda turli mavjudot,
Intilar qilishga bir-birin barbod.
Bu qiziq dunyoni qanday yaratgan?
Bir tarafda kulgu, bir taraf faryod. (x2)

Ne yaxshi, ne yomon, bila olmassan,
Ketdingmi, hech qaytib kela olmassan.
Kim yaxshi, kim yomon, bila olmassan,
Ketdingmi, hech qaytib kela olmassan. (x1+x2)

Ketdingmi, hech qaytib kela olmassan…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!